SIRDARYO PEDAGOGIKA TEXNIKUMI HAQIDA

Sirdaryo pedagogika kolleji O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27-sentyabrdagi 406-sonli qarori, hamda, O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus,kasb-xunar ta’limi Markazining 2000 yil 27-oktyabrdagi 215/2 sonli “Kasb-hunar kolleji makomini berish to’g’risida”gi buyrug’i va Sirdaryo tumani xokimligining 2001-yil 31-iyuldagi 732- sonli qaroriga asosan 2001-yil 14-maydan pedagogika kolleji maqomi berilib, o’rta maxsus o’quv yurti sifatida tashkil etilgan.Umumiy er maydoni 2,2 ga. Shundan 1,8ga er maydoni o’quv va yordamchi binolar uchun ajratilgan.Qolgan 0,2 ga.er maydoni to’liq obodonlashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 18-maydagi «O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 418 sonli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufiga o’tkazilib, Sirdaryo pedagogika kolleji nomi berilib, zamonaviy o’quv yurti sifatida tashkil etildi.

Sirdaryo pedagogika kolleji 2025-yil 01-yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovattsiyalar vazarligi tasarrufiga o’tkazildi va “Sirdaryo pedagogika texnikumi” deb yuritilmoqda.