Sirdaryo pedagogika texnikumida viloyat miqyosida ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi

2025-yil 29-aprel kuni Sirdaryo pedagogika texnikumida ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbirda texnikum o‘qituvchilari A.Karimov, O.Rahmonov va R.Abdurazzakovalar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli ta’lim resurslaridan foydalanib, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini namoyish etish maqsadida darslar o‘tkazildi.

Ochiq darslar viloyat kasbiy ta’lim tashkilotlaridan tashrif buyurgan 16 dan ortiq o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga o‘zaro tajriba almashish imkonini berdi. Bu tadbir texnikumning Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sifatli kadrlar tayyorlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.