Sirdaryo pedagogika texnikumida “Karyera kuni” doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi.
2025-yil 14-iyul kuni Sirdaryo pedagogika texnikumida Sirdaryo tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamkorligida bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida bitiruvchilar hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyati doirasida oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish imkoniyatlari, shuningdek, mehnat bozoridagi real ehtiyoj va takliflar bilan yaqindan tanishishdi.
Mazkur yarmarka bitiruvchilarni bandlikka yo‘naltirish, ularning kasbiy faoliyatga integratsiyasini ta’minlash hamda o‘z yo‘lini topishda amaliy ko‘mak berish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.



