📢 Sirdaryo pedagogika texnikumida sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida Sirdaryo pedagogika texnikumida Avgust kengashi doirasida «Umumkasbiy va maxsus fanlar: Taʼlim, sanʼat va madaniyat» yo‘nalishi bo‘yicha fan o‘qituvchilari yig‘ilishi tashkil etildi.
📝 Sho‘ba yig‘ilishida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar, seminar-treninglar hamda ochiq muloqotlar o‘tkazildi:
1️⃣ Kasbiy ta’lim bo‘yicha joriy etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati;
2️⃣ Pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlari;
3️⃣ Kasbiy ta’lim tizimida joriy qilinayotgan xorijiy ta’lim dasturlari;
4️⃣ Simulyatsiya o‘yinlari asosida «Biznes asoslari» fanini o‘qitish metodikasi;
5️⃣ Innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali ochiq darslar tashkil etish.


