Sirdaryo pedagogika texnikumida 2025 yil 3 sentyabr kuni «Bilimlar kuni» ga bagʻishlangan tantanali tadbir koʻtarinki ruhda tashkil etildi.
«VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!» shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda ota-onalar, mexmonlar ishtirok etishdilar.
Texnikum òquvchilari uchun «Boʻlar ekanku, yoxud kechagi kunning bugungi kundan farqi nimada» shiori ostida mustaqillik darslari tashkil etildi.




📢 Sirdaryo pedagogika texnikumida sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida Sirdaryo pedagogika texnikumida Avgust kengashi doirasida «Umumkasbiy va maxsus fanlar: Taʼlim, sanʼat va madaniyat» yo‘nalishi bo‘yicha fan o‘qituvchilari yig‘ilishi tashkil etildi.
📝 Sho‘ba yig‘ilishida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar, seminar-treninglar hamda ochiq muloqotlar o‘tkazildi:
1️⃣ Kasbiy ta’lim bo‘yicha joriy etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati;
2️⃣ Pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlari;
3️⃣ Kasbiy ta’lim tizimida joriy qilinayotgan xorijiy ta’lim dasturlari;
4️⃣ Simulyatsiya o‘yinlari asosida «Biznes asoslari» fanini o‘qitish metodikasi;
5️⃣ Innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali ochiq darslar tashkil etish.


Sirdaryo pedagogika texnikumida “Karyera kuni” doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi.
2025-yil 14-iyul kuni Sirdaryo pedagogika texnikumida Sirdaryo tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamkorligida bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida bitiruvchilar hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyati doirasida oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish imkoniyatlari, shuningdek, mehnat bozoridagi real ehtiyoj va takliflar bilan yaqindan tanishishdi.
Mazkur yarmarka bitiruvchilarni bandlikka yo‘naltirish, ularning kasbiy faoliyatga integratsiyasini ta’minlash hamda o‘z yo‘lini topishda amaliy ko‘mak berish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.











